23 yanvar kuni, tongi 06:40 da Farg`ona vodiysining bir necha shaharlarida er silkinishi qayd etildi. Uning markazi Qirg`iziston janubida bo`lgan, deb xabar berdi Podrobno.uz.
“Toshkent” seysmostansiyasining bergan ma`lumotiga ko`ra, O`zbekistonda er osti silkinish kuchi o`rtacha 3-4 ballni tashkil qilgan: Farg`onada - 4 ball, Namangan hamda Andijonda - 3 ball. Zilzila o`chog`ida uning magnitudasi 4,5 ballni tashkil qilgan.
Ma`lumotlarga ko`ra, vayronalar ro`yxatga olinmagan, jabrlanganlar yo`q.






