AsosiyJamiyat

​Shtefan PRISNER: O`zbekistonning tajribasini xalqaro miqyosda qo`llash foydadan holi bo`lmaydi

'​Shtefan PRISNER: O`zbekistonning tajribasini xalqaro miqyosda qo`llash foydadan holi bo`lmaydi'ning rasmi

23 yanvar kuni International Hotel Tashkent mehmonxonasida 2017-2021 yillarda O`zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta yo`nalishlari bo`yicha Harakatlar strategiyasi loyihasining jamoatchilik muhokamasiga bag`ishlangan media-haftalik start oldi.

Tadbir ochilish marosimida xalqaro tashkilot vakillari ham ishtirok etishdi.

Shtefan PRISNER BMTning O`zbekistondagi doimiy vakili:

“O`zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta yo`nalishlari bo`yicha Harakatlar strategiyasi loyihasining jamoatchilik muhokamasiga qo`yilishi bu juda muhim siyosiy-ijtimoiy jarayon sanaladi.

O`zbekistonda qo`llanilayotgan mazkur tajribani xalqaro miqyosda ham foydadan holi bo`lmasdi.

Xalqning siyosiy jarayondagi bevosita ishtiroki ularning manfaatlariga xizmat qiladigan yo`nalishlarning loyihada aks etishida juda muhim sanaladi.”

Boshqa yangiliklar