Rossiyaning Xabarovsk o`lkasida o`tgan yilning noyabr oyidan 2017 yilning yanvar oyigacha 49 kishi sovuqdan halok bo`ldi, deb xabar berdi “Tvzvezda.ru” nashri.
Xabarovsk o`lkasi hududiy tibbiyot markazining bergan ma`lumotiga ko`ra, sovuqdan 415 kishi jabrlangan. Sovuq urishiga nafaqat kunning o`ta darajada sovuqligi, balki havo namligining yuqoriligi va shamol ham sabab bo`lgan. Uzoq Sharq gidrometeorologiya markazining bergan xabariga ko`ra, o`tgan yilning noyabr va dekabr oyi boshi juda sovuq kelgan. Noyabr oyida havo harorati me`yordan 5-7 daraja past bo`lgan bo`lsa, dekabr oyida 1-2 darajaga tushgan.






