12-18 yanvar kunlari Qozog`iston Respublikasining Almaota shahrida matematika, fizika, informatika fanlaridan 13-Xalqaro olimpiada bo`lib o`tdi.
Olimpiada tashkiliy qo`mitasining taklifiga muvofiq o`zbekistonlik 7 nafar o`quvchi mazkur olimpiadada ishtirok etdi.
Olimpiadada 18 davlatdan 182 nafar o`quvchi ishtirok etdi. Olimpiada natijalariga ko`ra, xalqaro olimpiadada o`quvchilarimiz 1 ta kumush (matematika), 2 ta bronza (fizika va informatika) medallarini qo`lga kiritdi. Xususan Buxoro davlat universiteti qoshidagi 3-son akademik liseyi 3-kurs o`quvchisi Abdumalik Abdukayumovga kumush, huddi shu o`quv muassasidan Sirojiddin Numanovga bronza, Toshkent axborot texnologiyalari universiteti qoshidagi 2-son akademik liseyi 2-kurs o`quvchisi Temurbek Xujakulovga ham bronza medali nasib qildi.
Ushbu xalqaro olimpiadada ishtirok etuvchi O`zbekiston Respublikasi o`quvchilar jamoalarini shakllantirish maqsadida o`quvchilar orasida 2 bosqichli tanlov o`tkazilgan edi. Tanlov natijalariga muvofiq O`zbekiston Respublikasi o`quvchilar jamoalari shakllantiriladi.
O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan O`zbekiston o`quvchilari jamoalarini 2017 yilda matematika, fizika, kimyo, biologiya, informatika fanlaridan xalqaro olimpiadada ishtirok etishlari uchun rasmiy ruxsat berilgan.





