AsosiyDunyo

Vitaliy Klichko Davosdagi forumda geografiyani yaxshi bilmagani uchun sharmanda bo`ldi

Kiev meri Vitaliy Klichko Davosda o`tkazilgan xalqaro iqtisodiy forumda geografiyani yaxshi bilmagani uchun sharmanda bo`ldi, deb xabar berdi “Tvzvezda.ru” nashri. 

U Ukraina Fransiyadan ikki barobar katta dedi, aslida esa Ukraina hududi 603 ming kvadrat kilometrni tashkil etadi, Fransiyaning hududi esa dengiz orti hududlari bilan birga 674 ming kvadrat kilometrdir (mamlakatning evropa qismi 547 030).

“Men Fransiyadan ikki barobar katta bo`lgan Ukrainadanman. U Evropadagi eng katta mamlakatdir. Ukraina poytaxti esa Sharqiy Evropa shaharlari ichidagi eng yirik shahardir”, dedi Vitaliy Klichko. 

U xatoga yo`l qo`ygandan keyin ham xotirjam ravishda turli maslahatlar berdi. Vitaliy Klichko hayotni kurashlardan iborat deb, forum ishtirokchilariga o`z qarashlarini himoya qilishga, orzu-niyatlariga erishish yo`lida jang qilishga chaqirdi.

Boshqa yangiliklar