AsosiyDunyo

Mayamida noma`lum shaxs xiyobonda odamlarga qarata o`t ochdi

Amerikaning Mayami shtatida noma`lum shaxs Marten Lyuter King kunini nishonlayotgan odamlarga qarata o`q uzdi, deb xabar berdi “Tvzvezda.ru” nashri.

Otishmada 8 kishi yaralandi, ulardan biri juda og`ir ahvolda jonlantirish bo`limiga yotqizilgan. Yaradorlarning asosiy qismi o`smirlar bo`lib, ularning orasida 11 va 13 yoshli qiz ham bor.  

Otishma sodir bo`lgan vaqtda xiyobonda yuzlab odamlar bo`lgan. Olomon sarosimaga tushib, qochishga harakat qilgan. To`polonda xiyobonda dam olayotgan odamlardan bir nechtasi ham tan jarohati olgan. Guvohlarning ma`lumot berishicha, noma`lum shaxs yurib ketayotgan mashina ichidan turib, o`q uzgan.

Voqea joyiga etib kelgan polisiya xiyobondan ikkita to`pponcha topdi va gumonlanuvchilarni qo`lga oldi. Hozircha jinoyatchilarning ismi-sharifi va nima maqsadda jinoyatga qo`l urgani oshkor etilmadi.

    Boshqa yangiliklar