Davlat statistika qo`mitasi 2016 yilda O`zbekistonda qayd etilgan nikoh va ajrimlar to`g`risida ma`lumot taqdim etdi.
Qo`mita axborot xizmatining xabar berishicha, 2016 yilning yanvar-dekabr oylarida FHDYo organlari tomonidan 275,1 mingta nikoh va 29,4 mingta nikohdan ajralishlar qayd etilgan. Respublika bo`yicha nikoh tuzish koeffisienti 8,6 promilleni, nikohdan ajralish esa 0,9 promilleni tashkil etdi.
Nikoh tuzish koeffisientining pasayishi respublikaning barcha hududlarida kuzatildi. Sezilarli darajada nikoh tuzish koeffisientining pasayishi Qashqadaryo, Namangan, Andijon, Xorazm, Surxondaryo viloyatlarida va Qoraqalpog`iston Respublikasida qayd etildi.
Shu bilan birga, nikohdan ajralish koeffisientining o`sishi Jizzax, Sirdaryo, Xorazm viloyatlarida va ushbu koeffisientning pasayishi Buxoro, Navoiy, Toshkent viloyatlarida va Toshkent shahrida kuzatildi.





