AsosiyDunyo

Domodedovo aeroporti rahbari nevarasining to`yini dabdabali tarzda nishonladi(Foto)

Britaniya va Rossiyadagi shou-biznesni yorituvchi nashrlar rossiyalik milliarder Domodedovo aeroporti direktorlar kengashi a`zosi Aleksandr Koganning nevarasi Irina Koganning Londonda o`tgan dabdabali to`yi haqida yozmoqda. 

Britaniya poytaxtidagi eng qimmat mehmonxonalardan birida o`tgan to`y marosimiga Rossiya va jahonning eng taniqli vakillari tashrif buyurdi. 

Irina va uning turmush o`rtog`i Deniel Kenveyning to`ylariga kelgan yulduzlar bilan bemalol gala konsert o`tkazish mumkin edi.

Ayniqsa, Rossiya estradasi yulduzlari Vladimir Vinokur, Anna Netrebko,Filipp Kirkorovlarning chiqishlari mehmonlarda o`zgacha taassurot qoldirgan.

To`yda Igor Nikolaev, Lev Leshenko, Stas Mixaylov, dizayner Igor Gulyaev, rejissyor Nikita Mixalkov, Valdis Pelsh, Gollivud yulduzi Antonio Banderaslar ham ishtirok etgan. 

 

Biroq, bu hammasi emas. To`yda jahon estrada yulduzlari Merayya Kerri va Elton Jonlar ham qo`shiq kuyladi.

Dabdabali to`yning fotosuratlari yashin tezligida ijtimoiy tarmoqlarda chop etildi.

    Boshqa yangiliklar