AsosiyJamiyat

«O`ztransgaz» kompaniyasida muddati o`tgan debitor qarzdorlik 14 foizga oshgan

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev mamlakatimizni 2016 yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning asosiy yakunlari va 2017 yilga mo`ljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yo`nalishlariga bag`ishlangan Vazirlar Mahkamasining kengaytirilgan majlisidagi ma`ruzasida barqaror iqtisodiy rivojlanish poydevori bo`lgan tayanch tarmoqlardagi ishlar haqida to`xtalib o`tdi.

Xususan, «O`zbekneftgaz» kompaniyasi tizimida – A.Sultonov – 2010-2016 yillarda qariyb 20 milliard dollarlik katta kapital qo`yilmalar kiritilganiga qaramasdan, suyuq uglevodorod va tabiiy gaz qazib olish kamayganligini qayd etdi. 

Shu bilan birga, bu borada xomashyo import qilish 1,3 barobar ko`paygan. Yirik va hayotiy muhim loyihalarni amalga oshirish muddatlari doimo barbod qilinmoqda. 40 ming kishi ishlaydigan «O`ztransgaz» kompaniyasi tizimida muddati o`tgan debitor qarzdorlik 14 foizga oshgan.

    Boshqa yangiliklar