AsosiyDunyo

Tailandda bolalar uchun uyushtirilgan aviashouda qiruvchi samolyot halokatga uchradi (Video)

Tailandda milliy bolalar kuni munosabati bilan uyushtirilgan aviashouda JAS 39 Gripen VVS qiruvchi samolyoti halokatga uchradi, uning uchuvchisi ham halok bo`ldi, deb xabar berdi “Lenta.ru” nashri. 

Voqea Tailandning Songkxla viloyatidagi Xat`yay shahrida mahalliy vaqt bilan soat 09:27 da ro`y berdi. Samolyot qulagandan keyin portlab, batamom yonib ketdi.

Uchish-qo`nish yo`lakchasini tozalash uchun mahalliy aeroport vaqtincha yopildi, barcha samolyotlar boshqa aeroportga yo`naltirildi. Voqeani tekshirish uchun Tailand Harbiy havo kuchlari tomondan komissiya tuzildi. Tailand bosh vaziri Prayut Chan-Ocha halok bo`lgan uchuvchining oilasiga ta`ziya izhor qildi.

Boshqa yangiliklar