AsosiySUG'DIYONA

Shaftoli va yong`oqli pirog - mazasi bir umr og`zingizda qoladi

Zarur masalliqlar: xamiriga: 300 gr. un, 200 gr. smetana, 100 gr. sariyog`, yarim stakan shakar, 2 choy qoshiq yumshatgich, 1 paket vanilinli shakar.

Qaylasiga: 250 gr. shaftoli murabbo, 200 gr. yogurt, 150 gr. yong`oq, 100 gr. sariyog`, 2 dona tuxum, 25 gr. kraxmal, 3 osh qoshiq shakar, 2 osh qoshiq qaymoq.

Tayyorlanishi: 1. Xamir uchun mo`ljallangan masalliqlarni aralashtirib, xamir qoring.

2. Shaftoli murabbosini yogurt, kraxmal va ko`pirtirilga tuxum bilan aralashtiring.

3. Sariyog`, shakar va qaymoqni aralashtirib, past olovda 3 daqiqa qaynating. Keyin maydalangan yong`oq qo`shing.

4. Xamirni yoyib, chetlarini ko`tarib yog`langan patnisga joylashtiring. Shaftoli murabboli va yong`oqli qaylani solib, 180 darajada qizdirilgan gaz pechiga yarim soatga qo`ying.

Pishiriq yopishib qolmasligi uchun qolipni yog`lab bo`lganingizdan so`ng uni 30 daqiqaga muzlatkichga qo`ying. 

Boshqa yangiliklar