AsosiySport

Luis Suares 100 ta gol urganidan xursand ekanini yashirmadi

“Barselona” jamoasi hujumchisi Luis Suares “Atletik Bilbao”ga qarshi (3:1) Ispaniya Kubogi nimchorak final javob o`yinidan keyin kataloniyaliklar uchun 100 ta gol urgani borasida o`z fikrini bildirdi.

“Barselona” uchun 100 ta gol urganimdan xursandman, ammo eng muhimi bu jamoa uchun foyda keltirishi”, – dedi urugvaylik futbolchi.

Joriy mavsumda Suares Ispaniya chempionatining 16 ta o`yinida maydonga tushib, 12 ta gol va 5 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan.

    Boshqa yangiliklar