AsosiySUG'DIYONA

Ajoyib tuhfa - dasturxoningiz ko`rki!

Zarur masalliqlar: 4 ta qaynatilgan tuxum, 2 donadan qaynatilgan kartoshka va tuzlangan bodring, 50 gr. konservalangan no`xat, ko`k piyoz, ko`kkatlar, mayonez, tuz.

Tayyorlanishi: 1. Kartoshka va bodringni to`rtburchak shaklda to`g`rang. Ko`k piyoz va ko`katlarni maydalang.

2. Tuxumlarni teng ikki bo`lakka bo`lib, sarig`ini ajartib oling. Keyin sarig`ini maydalab, to`g`ralgan kartoshka, bodring, ko`k piyoz, ko`katlar, konservalangan ko`k no`xat va mayonez bilan aralashtiring. Tuz sepishni unutmang.

3. Tuxum oqi orasiga salatdan solib, ochilib ketmasligi uchun ko`k piyoz bilan bog`lang. Likopchaga oldin qolgan salatni, keyin bog`langan tuxumlarni joylashtiring.

Salatlarni dasturxonga tortishdan biroz avval limon po`stlog`i solib qo`ysangiz, ular yanada mazali va hushbo`y bo`ladi.

Boshqa yangiliklar