Aktrisa va dizayner Shahzoda Muhammedova Instagramdagi sahifasiga joylagan navbatdagi surat va uning izohi e`tiborimizni tortdi.
Shahzodaga rossiyalik mijozidan kelinlik libosiga buyurtma berilgan. Dizaynerning xabar berishicha, mazkur libos ustida 15 nafarga yaqin dizaynerlar 1 oydan buyon mehnat qilmoqda.

Kelinlik libosini yaratishda asosan qo`l ishidan foydalanilmoqda, ya`ni libosning har bir detaliga qo`l bilan bezak berilmoqda.








