Uzunligi 34 metrgacha bo`lgan osmon jismi Erga juda yaqin bo`lgan masofada uchib o`tdi, deb yozadi Business Insider nashri.
Asteroid 2017 AG13 nomini oldi. U Erga yaqin masofada 9 yanvar kuni uchib o`tgan. Asteroidning harakat tezligi 16 km/s tashkil qiladi.
Perdyu Universiteti (AQSh) olimlari 2017 AG13 asteroidining Er bilan to`qnashuvi oqibatida yuz berishi mumkin bo`lgan portlash Xirosimadagi atom portlash kuchidan ham dahshatli bo`lishi mumkinligini hisob-kitob qilishdi.
Xavfli osmon jismi o`tgan shanba kuni Arizona universiteti astronomlari tomonidan shanba kuni aniqlandi. Ajablanarlisi shundaki, u Erga sezdirmasdan yaqinlashishning uddasidan chiqqan.





