1. Dumaloq ko`zlar
To`q rangli tenlarni ustki qovoqning o`rtasiga, och rangli tenlarni esa ko`z burchaklariga surting.
2. Bodomko`zlar
Neytral rangdagi ten bilan ustki qovoqni tashqi burchakka qarab bo`yang. To`qroq ten yordamida esa ustki qovoq buklanadigan joy pastiga urg`u bering.
3. Osiyocha ko`zlar
Kipriklar ustiga to`q tendan chiziq tortib, qosh ostiga och rangli ten surtish tavsiya etiladi.
4. Chuqur joylashgan ko`zlar
To`q rangli ten bilan qovoqlar buklanadigan joyini bo`yab, qosh ostiga och rangli tendan foydalaning.
5. Kichkina ko`zlar
Qosh tagiga qalin qilib marvarid rangli tendan surtsangiz, ko`zingiz katta ko`rinadi. Ustki qovoqning tashqi burchagiga ozgina to`q rangli tenlardan surting.
6. Bodomqovoq ko`zlar
Pastki qovoqlarni och rangli, ustki qovoq buklanadigan qismini to`qroq tenlar bilan bo`yasangiz, so`lg`in qovoqlar bekitiladi.
7. Ko`zning tashqi burchagi pastga qaragan bo`lsa
To`q rangli tenlarni ustki qovoq markazidan yuqoriga qarab bo`yang.
8. Tashqi burchaklari ko`tarilgan ko`zlar
Ustki va pastki qovoqlardagi kipriklar tagiga to`q rangli tendan ichki burchaklarga tegmagan holda chiziq torting. Ko`zning qolgan qismlarini och rangli ten bilan bo`yang.





