O`zbekiston xalq artisti “Istiqlol” san`at saroyida 13 kun davomida jonli ijrodagi konsert dasturini taqdim etadi.
Bu haqda fotograf Shuhrat Usmonov o`zining Instagram`dagi sahifasida ma`lum qildi.
“Ey aziz inson” deb nomlangan konsert dasturi 11 apreldan 23 aprelga qadar davom etadi.
Konsertga chiptalarini yaqin kunlarda “Istiqlol” san`at saroyi kassalaridan sotib olish mumkin bo`ladi.






