Xonanda Shahzoda Rossiya poytaxti Moskva shahrida konsert berishi haqida ma`lumot tarqaldi.
“Hatto chiptalar sotuvga qo`yilgan. Shahzodaning esa bu konsertdan xabari yo`q! Qiziq, bu qalloblik kimga kerak?”,—deb yozdi jurnalist Jasur Hamroev o`zining Instagram`dagi sahifasida.
Qalbaki chiptalarda “Sharq malikasi” Shahzoda 11 fevral kuni soat 18:00 da “Ays sport Izmaylovo” konsert zalida konsert dasturini taqdim etishi , konsert boshlovchisi esa qiziqchi Abror Bahtiyorovich ekanligi yozilgan.
Ayni paytda BAAning Dubay shahrida hordiq chiqarayotgan Shahzodaning o`zi esa bunga quyidagicha munosabat bildirdi:

“Aziz folloverlarim, bu yolg`on xabar. Men Moskvada konsert berishni rejalashtirmayapman”





