Zarur maslalliqlar: xamiriga: 250 gr. un, 200 gr. sariyog`, 100 gr. shakar, 1 dona tuxum, 2 osh qoshiq limon qirindisi; 150 gr. qand upasi, 150 ml. o`rikli jem, 100 gr. shokolad, 75 ml. qaymoq, 5 osh qoshiq limon sharbati.
Tayyorlanishi: 1. Sariyog`ni eritib, tuxum va shakar qo`shing. Un va xamiryumshatgichni ham solib, aralashtiring. Endi limon qirindisini qo`shsangiz ham bo`ladi. Masalliqlarni yaxshilab aralashtirgach, pishiriq qog`ozi solingan qolipga quying. 180 darajada qizdirilgan gaz pechiga 20 daqiqaga qo`ying. So`ngra biskvitni sovuting.
2. Limon sharbatini qand upasi bilan aralashtiring.
3. Biskvitni o`rtasidan teng ikki bo`lakka bo`ling. Bittasining ustiga o`rikli jemni surting. So`ngra ikkinchisi bilan yoping. Ustiga limonli aralashmani quyasiz.
4. Shokoladni eritib, qaymoq bilan aralashtiring-da, pirog yuziga surting.
1 soat
8 kishilik





