GFRning sobiq prezidenti Roman Xersog 82 yoshda vafot etdi, deb xabar berdi “Gazeta.ru” nashri.
Xersog GFRning ettinchi prezidenti bo`lib, mamlakatni 1994 yildan 1999 yilgacha boshqargan. Sobiq prezident uzoq davom etgan og`ir kasallikdan keyin vafot etdi. Germaniyaning hozirgi prezidenti Yoaxim Gauk Xersogning bevasiga ta`ziya maktubini yuborib, bu xabar uni chuqur qayg`uga solganini ma`lum qildi. U Xersogni yorqin shaxs deb atadi.
Sobiq prezidentning o`limi munosabati bilan Germaniyada davlat miqyosida motam tadbiri o`tkaziladi.





