O`zgidrometning ma`lumot berishicha, 11 yanvardan boshlab O`zbekistonning ayrim hududlarida qor va yomg`ir yog`adi. Havo harorati kechasi nol darajaga, ayrim hududlarda esa minus besh darajaga tushadi.
Toshkentda hafta o`rtasida qor va yomg`ir yog`ishi kutilmoqda. Havo harorati kechasi minus bir darajagacha tushishi kutilmoqda.
Mamlakatning shimoliy hududlarida havo harorati kunduzi minus ikki, kechasi minus besh darajagacha tushib ketadi.





