AsosiyDunyo

Anqaradagi ko`cha otib o`ldirilgan Rossiya elchisi sharafiga qayta nomlandi

Turkiyaning Anqara shahridagi Rossiya elchixonasi joylashgan ko`chaning nomi o`zgardi. Bu haqda “Vesti” xabar bermoqda

Qoryog`di ko`chasi marhum Rossiya elchisi Andrey Karlov sharafiga qayta nomlandi. Elchi 2016 yilning 19 dekabr kuni otib o`ldirilgan edi.

Ko`chani qayta nomlash tashabbusini Turkiya tashqi ishlar vaziri Mavlud Chovusho`g`li ilgari surgan. 

Rossiyalik diplomatni otib o`ldirgan 22 yoshli turkiyalik polisiyachi Mavlud Oltintosh hodisa joyida maxsus xizmat tomonidan yo`q qilingan edi. 

Andrey Karlovga hujum Turkiya poytaxtida ish boshlagan Rossiya haqidagi fotoko`rgazmada sodir etilgan edi.

    Boshqa yangiliklar