Zarur masalliqlar: 500 gr. mol go`shti qiymasi, 1 stakan guruch, 100 ml. smetana, 2 bosh piyoz, 3 dona sabzi, 1 bo`lak karam, 3 osh qoshiq tomat, o`simlik yog`i, ko`katlar, zarcho`va (guruch uchun sariq ziravor), tuz, murch.
Tayyorlanishi: 1. Guruchni 3 stakan suvga solib, zarcho`va va tuz seping-da, 20 daqiqa qaynating.
2. Piyoz va karamni maydalab to`g`rang. Sabzini qirg`ichdan o`tkazing.
3. Qizdirilgan o`simlik yog`ida piyozni qovuring, sabzi, tuz va murchni ham solib, yana 5 daqiqa qovuring.
4. Qiymaga tuz, murch qo`shing. Tomat va smetanaga alohida-alohida 3-4 osh qoshiq suv solib aralashtiring.
5. Toblama qolipini yog`lab, guruchni bir tekis qilib solamiz. Ustidan karamni solib, tuz, murch seping.
6. Tomatli aralashmani quying-da, qiymani solib, bir tekis qilib yoying.
7. Qovurilgan sabzavotlarni ham solib, smetanani quyamiz. Toblama 180 darajada qizdirilgan gaz pechida 1 soatda pishadi. Taom ustiga maydalangan ko`katlarni sepib, dasturxonga torting.
1 soatu 35 daqiqa
4 kishilik





