Avvalgi konsert dasturlarini poytaxtimizning “Istiqlol” san`at saroyida taqdim etgan xonanda Jahongir Otajonov bu galgi konsertni o`tkazish uchun boshqa joy tanladi.
Bu safar xonanda konsertini “Turkiston” san`at saroyida o`tkazishga qaror qildi.
Jahongir Otajonovning “Turkiston” saroyidagi “Lola” deb nomlangan konsert dasturi joriy yilning 11-12-13 mart kunlari jonli ijroda bo`lib o`tadi.
Eslatib o`tamiz, Jahongir Otajonovning avvalgi konsert dasturlari “Istiqlol” san`at saroyida taqdim etilgan edi.
Fevral oyining boshlarida u konserti oldidan jurnalistlar uchun matbuot anjumani o`tkazib, jurnalistlarni barcha qiziqtirgan savollariga javob qaytarishni rejalashtirgan.

Ayni damda xonanda Evropa bo`ylab safarda.





