AsosiyDunyo

Akula g`avvosga hujum qildi (Video)

Dunyoda eng xavfli yirtqich sanaluvchi akulaning g`avvosga hujum qilgani va ularning olishuvi aks etgan video ijtimoiy tarmoqlarga joylashtirildi, deb xabar berdi “Tvzvezda.ru” nashri. 

Voqea Avstraliyada, Shimoliy Kvislend qirg`oqlarida ro`y berdi. Suv ostida ov qiluvchi erkakka to`satdan akula hujum qildi. G`avvos erkak uning og`ziga nayza sanchishga ulgurdi. Akulaning yaralanganligini videoda ko`rish mumkin. G`avvos akula hujumidan qutulib qoldi, yaralangan yirtqich esa suzib ketdi.

Akulaning mazkur turi suv osti dunyosida eng xavflisi hisoblanadi. Yirtqich o`zini sho`r suvda ham chuchuk suvda ham yaxshi his qiladi.

    Boshqa yangiliklar