AsosiySport

“Lester”ni APL chempioniga aylantirgan Klaudio Raneri eng yaxshi murabbiy bo`ldi

Shveysariyaning Syurix shahrida 9 yanvar kuni kechasi FIFA tomonidan 2016 yilning eng yaxshilarini taqdirlash marosimi o`tkazildi.

2016 yilning eng yaxshi murabbiyi deb “Lester” bosh murabbiyi Klaudio Raneri e`lon qilindi. U bu borada Fernandu Santush (Portugaliya terma jamoasi) va Zinedin Zidanni (“Real Madrid”) ortda qoldirdi. G`olibga sovrinni jahon futboli yulduzi Diego Maradona topshirdi.

Eng yaxshi ayol murabbiy nomiga Germaniya ayollar termasi ustozi Silviya Nayd sazovor bo`ldi. 

Eslatib o`tamiz, "Real" klubi va Portugaliya terma jamoasi hujumchisi Krishtianu Ronaldu 2016 yilning eng yaxshi futbolchisi, AQSh ayollar termasi forvardi Karli Lloyd esa yilning eng yaxshi ayol futbolchisi deb topilgandi

    Boshqa yangiliklar