AsosiySport

“Lester” posboni Daniyada 2016 yilning eng yaxshi futbolchisi deb topildi

Angliyaning “Lester” klubi darvozaboni Kasper Shmeyxel Daniyaning 2016 yildagi eng yaxshi futbolchisi deb topildi.

Tajribali posbon o`tgan yili “Lester” bilan bilan sensasion tarzda Angliya Premer-ligasi g`olibligini qo`lga kiritdi. Kasper ushbu mukofotga birinchi marta sazovor bo`ldi.

Uning otasi va “MYu” sobiq afsonaviy posboni Peter Shmeyxel Daniyada esa uch marta (1990, 1993 va 1999 yillarda) tengsiz deb topilgan.

Boshqa yangiliklar