Zarur masalliqlar: 1 kg. tovuq go`shti, yarimta limon, 2 dona tuxum, 5-6 osh qoshiq non tolqoni, 4-5 osh qoshiq un, o`simlik yog`i, dengiz tuzi, murch.
Tayyorlanishi: 1. Tovuq go`shtini terisidan ajratib olamiz. Limon sharbati, tuz va murch sepib, sellofan bilan yopamiz-da, 1 soatga muzlatkichga qo`yamiz.
2. Marinadlangan tovuq go`shtini unga botirib oling.
3. Endi avval atalangan tuxumga, keyin non tolqoniga solib olasiz.
4. Tovuq go`shti bo`laklarini qizdirilgan o`simlik yog`ida ikkala tomonini ham qizartirib qovurasiz-da, keyin toblama qolipiga solib, 180 darajada qizdirilgan gaz pechiga 15-20 daqiqaga qo`yasiz.
6 kishilik
2 soat





