Sog`liqqa eng foydali mahsulotlar shundoqqina qo`l ostingizda bo`lsa, ulardan har kuni foydalansangiz qandoq yaxshi! Masalan, kartoshka kimning uyida yo`q?! Uning o`zidan va sharbatidan xalq tabobatida keng foydalanilgan. Xom kartoshka sharbatini, hatto, saratonning boshlang`ich bosqichlarida ichish tavsiya etilgan.
1. Immunitetni ko`taradi
Kartoshka tarkibidagi S vitamini immunitetni ko`tarishga xizmat qiladi. Qish kunlarida erta tongda bir stakan xom kartoshka sharbatini qabul qilsangiz, qishdan shamollash nimaligini bilmay chiqasiz.
2. Soch o`sishini tezlashtiradi
Chiroyli sochlarning siri oddiy: bir nechta kartoshkani qirg`ichdan chiqarib oling-da, sochlarning ildiziga surting, 20 daqiqadan so`ng yuvasiz. Haftada hech bo`lmaganda 2 marta ushbu muolajani qilsangiz, sochlaringiz qalinlashadi va o`sadi.
3. Terini namlaydi
Yangi siqilgan xom kartoshka sharbati terini yaxshi namlantiradi. Po`stidan tozalangan kartoshkani qirg`ichning mayda tishidan chiqarib, dokaga soling-da sharbatini siqib oling. Quruq teri yuzasini sharbatda namlangan paxta bilan arting.
4. Mushak va elkadagi og`riqlarni qoldiradi
Bu sabzavot sharbati mushaklardagi shamollashni davolash uchun eng yaxshi vositadir. Uni shuningdek artritni davolashda ham ichish tavsiya etiladi.
5. Yurak faoliyatini yaxshilaydi
Kartoshka sharbati yurak uchun o`ta foydalidir, chunki sharbat xolesterin miqdorini tushiradi.
6. Yuzni parvarishlash vositasi sifatida
Universal niqob: yuz va bo`yinni avval kartoshka sharbatida, 30 daqiqadan so`ng iliq sutga bo`ktirilgan paxtada artib oling. Keyin iliq suvda yuvasiz. So`ng yuz va bo`yinni avvaldan qaynatib, sovitilgan muzdek suvda chaying.
7. Gastritga qarshi dori
Gastrit va jig`ildon qaynashida 10 kun davomida nonushtadan 30 daqiqa oldin yangi siqilgan kartoshka sharbatini iching. 10 kun dam oling.
8. Jigar va o`t pufagi uchun ichimlik
Kartoshka sharbati jigar va o`t pufagini toksinlardan tozalab, organlar faoliyatini yaxshilaydi.
9. Ovqat hazm qilishni yaxshilaydi
Oshqozon-ichak faoliyatidan shikoyatingiz bormi? Shifokorlarning fikricha, kartoshka sharbatini doimiy ichib yurishda, ovqat hazm bo`lmasligi, diareya, qorin shishishining oldi olinadi va davolaydi.
10. Quvvat manbai
Holsizlikdan qiynalayotganlarga ham kartoshka sharbati yordamga keladi. Taomlanishdan 30 daqiqa oldin uni qabul qiling. Muolajani to kuchga to`lguningizcha davom ettirasiz. Yuqoridagi muolajalarni, albatta, shifokor bilan maslahatlashgan holda bajaring.





