O`zbekistonda xizmat ko`rsatgan artist Rayhon G`anieva jurnalist Jasur Hamroev bilan Facebook orqali jonli suhbatda sobiq turmush o`rtog`i Yigitali Mamajonov haqidagi savollarga javob berdi.
Rayhon yangi turmush o`rtog`i Farhod Alimov va farzandlari o`rtasidagi munosabatlar do`stona ekanligini aytdi va quyidagilarni ma`lum qildi:
“Farzandlarim otasini so`raydi, albatta. Ular tez-tez ko`rishib turadi. Bundan tashqari, men o`zim Yigitalidan ular bilan tez-tez ko`rishishini, muloqot qilishini so`rayman. Har doim farzandlarimni otalarini hurmat qilishga, sevishga o`rgataman, chunki u o`g`illarimning otasi.
Shuningdek, o`g`illarim hozirgi turmush o`rtog`im bilan ham do`stona munosabatda. O`z o`rnida men ham turmush o`rtog`imning farzandlari bilan yaxshi munosabatdaman, ular bilan do`st tutinganman.

Yigitaliga o`ziga mos qizni uchratishini tilayman. Unga chin qalbimdan faqat baxt tilayman”.
“Yigitali mobodo uylansa va to`yiga taklif qilsa, borarmidingiz?”, degan savolga esa Rayhon quyidagicha javob berdi:
“Bu unga yoqadi, deb o`ylamayman. Shuning uchun, bormasam kerak”.

Eslatib o`tamiz, Rayhon va Yigitali 2012 yilda turmush qurgan edi. Ular 2014 yilda egizak farzandli bo`ldi.
Rayhon va Yigitalining nikohi 2015 yilda rasman bekor qilindi. Rayhon 2016 yil 5 noyabrda boshlovchi Farhod Alimovga turmushga chiqdi.





