AsosiySUG'DIYONA

«Yashil chiroq» salati - sovuq kunlarda oshga sherik bo`ladi!

Zarur masalliqlar: 1 kg. yashil pomidor, 1 dona sabzi, 8 bo`lak sarimsoqpiyoz, 7-8 osh qoshiq o`simlik yog`i, 2 osh qoshiq sirka, 2 osh qoshiq shakar, 1 osh qoshiq tuz, yarimta qizil qalampir, 2 choy qoshiq ezilgan kashnich, 2-3 ta kashnich urug`i, yarim bog` petrushka va kashnich.

Tayyorlanishi: 1. Sabzini katta tishli qirg`ichdan o`tkazing. Yarim osh qoshiq tuz va 1 osh qoshiq shakar sepib, qo`lingiz bilan yaxshilab aralashtiring. Toki sharbati ajralib chiqsin va sabzilar yumshoq bo`lsin.

2. Yashil pomidorni aylana shaklda to`g`rab, sabziga qo`shing.

3. Tuz, shakar, kashnich va maydalab to`g`ralgan sarimsoqpiyozni ham soling.

4. Qizdirilgan o`simlik yog`ida aylana shaklda to`g`ralgan piyozni qovuring. Piyoz tillarangga kirgach, maydalangan qalampir bo`laklari va kashnich urug`ini soling. Bir necha daqiqa qovurib olovdan oling.

5. Qovurilgan piyozni ham yashil pomidorga qo`shasiz. Sirka va maydalangan ko`katlarni solib, yaxshilab aralashtirasiz-da, 10-12 soatga muzlatkichga qo`yasiz.

35 daqiqa

6 kishilik

Boshqa yangiliklar