AsosiyDunyo

Kuchli qor sababli Istanbulda 700 dan ortiq reys bekor qilindi

Turkiyaning Turkish Airlines aviatashuvchisi bir necha kundan buyon davom etayotgan kuchli qor sababli 8 yanvar kuni 700 dan ortiq reysni bekor qildi.

Otaturk aeroportiga uchish va qo`nishga bo`lgan ta`qiq ichki va xalqaro reyslarga birday ta`sir qildi. Shuningdek 9 yanvar kuni ham aviakompaniya tomonidan 60 ta reys bekor qilindi.

RIA Novosti bergan ma`lumotlarga ko`ra, Turkish Airlines ob-havo sababli kuni kecha 610 ta reysni bekor qildi. Shu munosabat bilan olti mingga yaqin yo`lovchi mehmonxonalarga joylashtirildi, 20 mingga yaqini — egulik bilan ta`minlandi.

Boshqa yangiliklar