Bugungi kunga qadar tarixchi olimlar va arxeologlar tomonidan tarixning turli davrlarini chuqur o`rganish uchun ko`plab izlanishlar qilingan. Quyida ana shu izlanishlar natijasidagi topilmalardan eng muhimlarini sanab o`tamiz.

O`lik dengiz qog`ozlari
O`lik dengizning shimoliy-g`arbiy sohillariga yaqin bir nechta hududda qadimiy manuskriptlarning butun to`plami topilgan.
Olimlarning aniqlashicha, mazkur qadimiy yozuv aks etgan qog`oz o`rami Er yuzidagi eng qadimiy hisoblangan manuskriptdan ham 1000 yil ilgari yaratilgan. Mazkur muhim topilma tufayli biz qadim zamonlarda insonlarning hayoti qay tarzda kechgani haqida ma`lumotga ega bo`lamiz.

Behiston yozuvi
Mazkur yozuv 1598 yilda ingliz olimi Robert Sherli tomonidan, uning Fors ko`rfaziga tashrifi chog`ida aniqlangan. Mazkur yozuv o`zida bir nechta tillardagi matnni aks ettiradi. U Buyuk Doriy farmoniga muvofiq qayd etilgan. Mazkur yozuvlar 523-521 yillar voqealarini aks ettiradi. Mazkur yozuvlarga ko`ra, arxeologlar Mesopotamiya, Shumer va Akkada kabi davlatlar tarixini aniq o`rganishga muvaffaq bo`lgan.

Olduvoy darasi
Mazkur dara bir necha tarixiy davrlarga oid topilmalar hududi hisoblanadi.
Olduvoy nemis Entemologi Vilgelm Kattvinkel tomonidan 1911 yilda aniqlangan. Tarixchi olim kapalak ortidan quvib mazkur daraga kelib qoladi. U erda qadimiy odamlarning 3 ta turli turi topilgan. Masalan, avstralopitek odam, sezgir odam va to`g`ri yuradigan odam, uch panjali otlar ya`ni gipparionlarning qoldiqlari shular jumlasidan.

Angkor-Vat ibodatxonasi
Ulkan toshli inshootlar haqida 1601 yildagi qaydlarda ma`lumotlar paydo bo`lgan.
O`shanda ispaniyalik Marselo Ribandeyro Kambodjadagi garoyib Angkor-Vat ibodatxonasiga duch keladi. Biroq u ibodatxona qachon paydo bo`lgani bilan bog`liq ma`lumotlarni aniqlay olmaydi. Shuning uchun ham bu ulkan toshli inshoot haqida 200 yildan oshiqroq vaqt mobaynida hech qanday ma`lumot berilmagan.
Angkor-Vat ibodatxonasi (ibodatxona-shahar) — dunyodagi eng yirik ibodatxona. U o`zida 5 ta minorani birlashtitruvchi uch qavatli murakkab konstruksiyani, ko`plab zina va o`tish joylarini mujassamlashtirgan.
Ibodatxonani bejizga kxmer xalqining ruhi deb atashmaydi, axir Angkorni bemalol buyuk sivilizasiyaning yuragi deyish mumkin.

Troya
Gomer va Vergiliyning poemalaridan bizga yaxshi tanish bo`lgan qadimiy shahar Ilion 1870 yillarda nemis arxeologi Genrix Shliman tomonidan aniqlangan. Tarixiy tekshiruvlardan so`ng shahar tarixi bir necha davrlarga bo`lingan. Troi I dan Troi Ixgacha bo`lgan davrlar shular jumlasidan. Gomer asarlarida qayd etilgan Troya Troya VI bo`lib, u eramizdan oldingi 1900–1300 yilarga oid.

Pompey
Rim davlati mustamlakasi bo`lguniga qadar bu shahar gullab-yashnayotgan port va kurort bo`lgan. Bu haqda shahar hududidan topilgan ko`p sonli qasrlar, ibodatxonalar teatr va xammomlar qoldiqlari ma`lumot beradi.
Pompeyda amfiteatr va forum ham bo`lgan. Bu erda 20000 nafarga yaqin kishi istiqomat qilagn.
Eramizning 79 –yillarida shaharning kuli ko`kka sovurilgan.
Pompey shahri 1599 yilda Domeniko Fontano tomnidan aniqlangan bo`lib, uni o`rganish ishlari esa faqatgina 1748 yilga kelib olib borilgan.
Pompeyni tadqiq qilish arxeologlarga rimliklar hayotini yaxshiroq o`rganish imkonini berdi. Pompey topilmalari san`atda yangi uslub va yo`nalishlar yaralishiga asos bo`ldi.

Lasko g`ori
Lasko g`ori 1940 yilning 12 sentyabrida to`rt nafar o`smir tomonidan aniqlangan.
Cho`qqi ichkarisida insonlar va hayvonlar hamda turli mavhum ramzlar aks ettirilgan 2000 dan ortiq suratlar mavjud. Hayvonlar suratlari orasida bug`u, mushuk, qushlar, karkidon va ayiqlarning tasvirlari ham bor. Tadqiqotchilarning fikrigsha ko`ra,Lasko g`orida odamlar yashamagan, ular bu erga rasm chizish uchun tez-tez kelib turgan.

Rozetta toshi
Granodioritdan yasalgan mazkur tosh 1799 yilda Misrdan topilgan. Taxminlarga ko`ra, u eramizdan oldingi 196-yillarga tegishli.
Toshga qirol Ptolemey Vga minnatdorlik maktubi qadimiy misr ierogliflari yordamida qadimiy yunon tilida o`yib yozilgan.
Rozetta toshi dastlab ibodatxonaga qo`yib qo`yilgan edi, keyinroq esa Rozetta qishlog`ida joylashgan qal`ani qurish uchun ishlatilgan.
Manba: Adme.ru





