O`zbekistonlik fitness-instruktor Radik Xubbiev OFK tomonidan fitness-instruktorlar uchun tashkil etiladigan seminarga taklif etildi.
Ushbu seminar 7-10 fevral kunlari Malayziya poytaxti Kuala-Lumpur shahrida tashkil etiladi. Seminarni o`tkazishdan maqsad, OFK tarkibiga kiruvchi futbol assosiyasiyalaridagi hakamlarni tayyorlar jarayonida bevosita ishtirok etuvchi fitness-instruktorlarning malakasini oshirish hisoblanadi.
Ta`kidlash lozim, Radik Xubbiev o`tgan yilning 21-26 noyabr kunlari aynan Malayziya poytaxti Kuala-Lumpur shahrida bo`lib o`tgan FIFAning Futuro III kurslaridan muvaffaqiyatli o`tgan edi.





