Angliya Kubogi 3-bosqichidan o`rin olgan “Manchester Yunayted” va “Reding” o`rtasidagi o`yin o`z yakuniga etdi. Unda “qizil iblislar” 4:0 hisobida zafar quchdi.
O`yinning 7-daqiqasida Ueyn Runi hisobni ochgan bo`lsa, 8 daqiqadan keyin Antoni Marsyal hisobni 2:0 ko`rinishiga etkazdi.
Qolgan ikki golni Markus Reshford 75 va 79 daqiqalarda kiritdi. Shunday qilib, Joze Mourino jamoasi musobaqaning keyingi bosqichiga yo`l oldi.
Angliya Kubogi, 3-bosqich
"Manchester Yunayted" – "Reding" 4:0
Gollar: 1:0 – 7 Runi, 2:0 – 15 Marsyal, 3:0 – 75 Reshford, 4:0 – 79 Reshford.
"Manchester Yunayted" – Romero, Blind, Roxo (Djons, 19), Smolling, Yang, Mata (Shvaynshtayger, 78), Fellayni, Kerrik (Fosu-Mensa, 78), Reshford, Runi, Marsyal.
"Reding" – Al-Xabsi, Mur, Blekkett (Obita, 46), Ganter, Evans (Svift, 57), Berens, Kelli, van den Berg, Uilyams, Makkliri, Kermorgan (Semyuel, 77).
Ogohlantirishl: Yang (54).





