Mavjud ma`lumotlar tahliliga ko`ra, Tojikiston Respublikasi tomonidan bir qancha chora-tadbirlar amalga oshirilishiga qaramasdantojik-afg`on chegarasidagi vaziyat nobarqaror holatda qolmoqda. Bunga bir nechta omillar, jumladan,Afg`oniston shimolidagi harbiy-siyosiy vaziyat, narkotik moddalar ishlab chiqarish laboratoriyalarining mavjudligi va narkotik savdo yo`lining shu hududdan o`tishi,noqonuniy qurollangan guruhlar,kontrabanda bilan shug`ullanuvchilar va turli radikal ekstremistik guruhlarning ko`payishi ta`sir etmoqda.
Bugungi kunda, tojik-afg`on chegarasida Tojikiston chegara qo`shinlariga noqonuniy qurollangan guruhlar va kontrabanda bilan shug`ullanuvchilartomonidan qurolli hujumlarini ortishi kuzatilmoqda.
Xususan, 2015 yil sentyabr oyida 12 kunlik “qo`lga olish” rejasiga asosan, Tojikiston Ichki ishlar vazirligi, Davlat milliy xavfsizlik qo`mitasi va Mudofaa vazirligining bo`linmalari ishtirokida Xatlon viloyatidan o`tuvchi va Dushanbe bilan Tog`li Badaxshonni bog`lovchi avtomagistral yo`liga 30 ga yaqin blokpostlar qo`yilgan. Mazkur rejaga asosan 25 ta jangari yo`q qilinib, 125 tasi qo`lga olingan, 600 ta o`q otar qurollar va 11 mingdan ortiq turli o`lchamdagi (kalibr) o`q-dorilar qo`lga kiritilgan. Ushbu vazifani bajarishda 14 ta harbiy xizmatchi va “Alfa” guruhi komandiri polkovnik R.Amakiev halok bo`lgan[1].
Tojikiston Strategik tadqiqotlar markazining ma`lumotiga ko`ra, hozirgi kunda Afg`onistonning Badaxshon viloyatida 1,5-2 ming, Qunduz viloyatida 4-5 mingga yaqin jangarilar asosan “Tolibon” harakati, “Turkiston islom harakati” va “Jamoati Ansorullox” jangari guruhlari vakillaridan iborat.
Shuningdek, Tojikiston chegara qo`shinlari qo`mondonining ma`lumotiga ko`ra, 2015 yilda tojik-afg`on chegarasini turli jinoiy guruhlar tomonidan 106 marotaba buzishga harakat qilingan, shundan 30 taqurolli to`qnashuvda 135 ta shaxsushlanib, ulardan 13 ta o`qotar qurollar va 520 ta boshqa turdagi qurollar hamda 4 ming 676 kg narkotik moddalar ushlab qolingan[2].
2016 yilda 151 ta chegarani buzish holati qayd etilgan, shundan19ta qurolli to`qnashuvda8 nafar tojik chegarachilari halok bo`lgan,121 nafar davlat chegarasini buzgan shaxslar va chegara rejimini buzgan 189 kishi hibsga olingan. Jinoyatchilardan 19 ta o`qotar qurol, 415 ta turli o`lchamdagi (kalibrli) o`q-dorilar va 275 kg portlovchi moddalar hamda 700 kg ortiq narkotik moddalar,15 kg geroin, 95 kg opiy, 593 kg nasha musodara qilinib, 400 ta kannabis butasi yo`q qilingan.
Shuningdek, Tojikiston va Afg`oniston huquq-tartibot organlari
2016 yilda 11 ta maxsus operasiyanihamkorlikda o`tkazib, ushbu maxsus operasiyalar davomida 11 nafar jinoiy guruh a`zolaridan 446 kg narkotik vositalar, 331 kg opiy moddasi, 800 litr prekursorlar qo`lga olinib, geroin ishlab chiqaradigan 1 ta laboratoriya yo`q qilingan.
Dushanbe tomonidan tojik-afg`on chegara yo`nalishidan kelishi mumkin bo`lgan xavfni oldini olish maqsadidachegaralarni mustahkamlash choralari ko`rilmoqda.
- ,2015 yilda Tojikiston Respublikasi qurolli kuchlari tomonidan 32 ta maxsus operasiya o`tkazib, tojik-afg`on yo`nalishiga chegara qo`shinlari bilan Mudofaa vazirligi qo`shinlari birgalikda jami 16 ming harbiy xizmatchi yordamida chegarani qo`riqlashni kuchaytirgan.2015 yil RF Kulyabdagi 149-motoo`qchi gvardiya polkini Dushanbega 201-harbiy bazasiga ko`chirdi. TR Mudofaa vazirligi ushbu harbiy qism o`rniga o`zining motoo`qchi brigadasini joylashtirishga sabab, Ko`lob tumanidan tojik-afg`on chegarasigacha bo`lgan masofa 30 km tashkil etadi. Ushbu mudofaa sektori motoo`qchi brigadasi zimmasiga yuklatildi[3].
2016 yilda chegara hududini nazorat qilish maqsadida chegara qo`shinlari tarkibiga maxsus razvedka bo`linmasi tashkil qilinib, unga yuqori tayyorgarlikka ega bo`lgan shartnoma asosidagi 500 ta harbiy xizmatchilar jalb qilingan.
2016 yil davomida Tojikiston chegara qo`shinlari va boshqa huquq tartibot organlari tomonidan hamkorlikda 29 ta maxsus operasiya o`tkazilgan. Mazkur operasiyalarning 12 tasini chegara qo`shinlari va milliy xavfsizlik davlat qo`mitasi birgalikda amalga oshirgan.2016 yil sentyabr oyida Ichki ishlar vazirligi tomonidan “Nelegal-2016” maxsus operasiyasining birinchi bosqichi yakuniga ko`ra, Tojikiston fuqaroligi bo`lmagan (respublika hududida yashash qoidalarini buzgan)15 ming 74 nafar shaxs aniqlangan, shundan 285 nafari ma`muriy javobgarlikka tortilib,
47 nafari sud qarori asosida mamlakatdan chiqarib yuborilgan[4].
Dushanbe tomonidan chegara xavfsizligini ta`minlash maqsadida xorijiy davlatlar bilan hamkorlikda taktik o`quv mashg`ulotlari o`tkazish barobarida moddiy yordam ham olmoqda.
Xususan, tojik-afg`on chegara yo`nalishidan yuzaga kelishi mumkin bo`lgan xavfning oldini olish maqsadida 2015 yilda RF201-harbiy bazasini Mi-8, Mi-24 hujumkor vertolyotlari bilan, 2016 yilda esa 200 ta harbiy texnikalar bilan kuchaytirgan. KXShTga a`zo davlatlar tomonidan 2016 yil “Poisk-2016”[5], shu yilning sentyabr oyida TR Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, chegara qo`shinlari va maxsus qo`shinlari bilan 201-baza hamkorlikda “Lyaur” poligonida taktik mashg`ulotlar o`tkazilgan.
Shuningdek, Pekin va Dushanbe hamkorlikda terrorizmga qarshi kurashish markazini tashkil qilish maqsadida 2014 yil aprel oyidan 2020 yilga qadar jami 100 mln. doll. miqdorida mablag` ajratgan.
XXR tomonidan TR Qurolli kuchlariga 2012 yilda 14 mln. doll. 2015 yilda 15 mln. doll. miqdorda grant ajratilgan mablag`lar evaziga 15 ta zirxli harbiy avtomobil, Tog`li-Badahshon avtonom viloyati, Murg`ob tumani va To`xtamish aholi yashash joylarida (tojik-afg`on yo`nalishiga) stasionar boshqaruv punktlari chegara razvedka qidiruv guruhlari uchun binolar qurib foydalanishga topshirilgan[6].
XXR va TR hamkorlikda Afg`oniston shimolidagi nobarqaror vaziyatdan kelib chiqib, tojik-afg`on chegara yo`nalishida2015 yil iyun oyida ikki davlat maxsus bo`linmalari 250 ga yaqin harbiy xizmatchi ishtirokida, 2016 yil 20-24 oktyabr kunlari Tog`li-Badaxshon avtonom viloyatida 10 ming harbiy xizmatchi bilan birgalikdavertolyot aviasiyasi, zirhli texnikalar, artilleriya, o`qotar qurollarini qo`llagan holatda katta masshtabda taktik o`quv mashg`uloti o`tkazilgan[7].
Shu bilan birgalikda, EIning 2016 yilda TR chegara xavfsizligini ta`minlashgagrant mablag`i 8 mln. doll.ni tashkil etgan.
AQSh tomonidan 2016 yil hisobiga tojik-afg`on chegarasida terrorizmga qarshi kurashish uchun berilayotgan moliyaviy yordam hajmi 50 mln. dollar qiymatiga teng bo`lgan. 2015 yilda Ichki ishlar vazirligi va Chegara qo`shinlariga 5,7 mln.doll. qiymatida87 ta “Toyota Hilux”rusumli yuk va yo`lovchi tashiydigan mashina hamda2016 yilda 3 mln. doll.qiymatida “J8 Jeep Wranglers”rusumli 50 ta harbiy mashina berilgan[8].
Yuqorida qayd etilgan ma`lumotlar asosida xulosa qilish mumkinki, bugungi kunda tojik-afg`on chegarasidagi vaziyat nobarqarorligicha qolmoqda.Buning asosiy sabablari AIR hokimiyatidagi siyosiy nobarqarorlik, narkotik moddalar ishlab chiqarish laboratoriyalarining mavjudligi va asosiy narkotik savdo yo`lining shu hududdan o`tishihamda tabiiy geografik jihatdan (tog`li hudud) murakkabligi tufayli nazorat qilish, harbiy harkatlar olib borish bir qancha qiyinchilik tug`dirmoqda.
Umuman olganda Tojikiston Respublikasi tojik-afg`on chegara hududidavaziyatning keskinlashishini oldini olish maqsadida davlat chegaralarini mustahkamlash choralarini, shuningdek, mazkur chegara hududlarida noqonuniy qurollangan guruhlar va kontrabanda bilan shug`ullanuvchilarga qarshikurash tadbirlarini kuchaytirmoqda.
Bundan tashqari, KXShT doirasida taktik o`quv mashg`ulotlar, RF va AQSh davlatlari bilan ham birgalikda turli xil trening mashg`ulotlarini o`tkazib, ushbu mamlakatlardan moddiy texnik yordam olishni davom ettirmoqda.
Yaqin istiqbolda radikal ekstremistik guruhlarning faollashuvi, narkotik moddalar savdosining o`sishiva boshqa omillar ta`sirida tojik-afg`on chegarasidagi nobarqarorlik saqlanib qoladi.
Bunday vaziyatda tashqi aktorlar, asosan RFning KXShT doirasidagi faoliyatining faollashuvi kuzatilishi mumkin. Moskva vaziyatdan unumli foydalanish maqsadida Tojikistondagi harbiy bazasini yanada kuchaytirish ehtimoli ortadi.
Bundan tashqari, mazkur hududlardagi vaziyatning keskinlashishi XXR manfatlariga ham to`g`ri kelmaydi. Shu sababdan, XXR tomonidan TRga harbiy texnik yordam berib, birgalikda taktik o`quv mashg`ulotlarini o`tkazib, “Badaxshon-Shinjon Uyg`ur avtonom rayoni” yo`nalishi bo`yicha xavfsizlik choralarini kuchaytirishi mumkin.
Mustaqil tadqiqotchi
I.O.Babajanov





