AsosiyDunyo

Xitoyda 145 million yil ilgari yashagan dinozavr izi topildi

Xitoyning Guychjou viloyatida bundan 145 million yil ilgari yashagan dinozavr izi topildi, deb xabar berdi “Ria.ru” nashri.

Dinozavr izi Bisze okrugidagi qoyadan topildi. Olimlarning so`zlariga qaraganda bu dinozavrlar to`rt oyoqli bo`lib, asosan o`simliklarni iste`mol qilgan. Ular mazkur tumanda 56 million yil ilgari Yura davrida yashagan bo`lib, Yura davri bundan 145 million yil ilgari tugagan. Bundan million yillar avval, bu er dinozavrlarning suv ichadigan joyi bo`lgan. Topilgan izning uzunligi 30 santimetrni tashkil etadi, olimlarning fikricha, dinozavrning bo`yi 6 metr bo`lgan.

    Boshqa yangiliklar