AsosiySport

Angliya Kubogi. "Man Siti" yirik hisobda "Vest Xem"ni engdi

Angliya Kubogi 1/32 finalida “Manchester Siti” jamoasi safarda “Vest Xem” futbolchilari bilan o`zaro bahs olib bordi.

“London Stedium” stadionida bo`lib o`tgan uchrashuvda “shaharliklar” 5:0 hisobida zafar quchdi. Gollarda Yaya Ture, David Silva, Serxio Aguero va Jon Stounz mualliflik qildi.

Yana bir golga “Vest Xem” himoyachisi Nordtveyt mualliflik qildi. U o`zi istamagan holda o`z darvozasiga gol urdi.

“Vest Xem” – “Manchester Siti” 0:5  (0:3, 0:2)

Gollar: 0:1 – 33, penalti Ture, 0:2 – 41, avtogol Nordtveyt, 0:3 – 43 Silva, 0:4 – 50 Aguero, 0:5 – 84 Stounz.

“Vest Xem” – Adrian, Ogbonna, Rid, Kressuell, Nordtveyt, Fernandesh, Obiang, Lansini (Nobl, 58), Feguli, Antonio (Fletcher, 72), Kerroll (Payet, 58).

“Manchester Siti” – Kabalero, Stounz, Sabaleta, Klishi, Otamendi, Silva (Nolito, 58), de Bryuyne (Aleysh Garsiya, 68), Sterling, Ture (Delf, 78), Sanya, Aguero.

Boshqa yangiliklar