2016 yil mamlakatimiz aholisi uchun, xususan temiryo`lchilar uchun ham juda samarali yil bo`ldi. O`tgan yili olamshumul voqealardan biriga aylangan, dengiz sathidan 1200 metr balandlikda joylashgan tog`ni teshib, 19,2 kmlik tunnelni o`z ichiga olgan uzunligi 123,2 km bo`lgan Angren-Pop elektrlashtirilgan temir yo`li qurilishi nihoyasiga etkazildi.
Yangi temir yo`l magistrali orqali dastlab yuk poezdlari, so`ngra yo`lovchi poezdlarining muntazam qatnovi yo`lga qo`yildi. Ayni paytda ushbu yo`nalish orqali Toshkent–Andijon–Toshkent yo`nalishida kuniga to`rtta, Andijon–Buxoro–Andijon yo`nalishida haftasiga ikki marotaba, Andijon–Urganch–Andijon yo`nalishida haftasiga bir marotaba yo`lovchi poezdlariqatnovi amalga oshirilmoqda. Yaqindan boshlab, aniqrog`i o`tgan yilning 16 dekabr kunidan esa vodiy ahli Andijondan Moskvaga poezdda borish imkoniyatiga ega bo`lishdi.
Albatta, shiddat bilan rivojlanayotgan bugungi davr xizmat ko`rsatish sifatini ham zamonga mos ravishda takomillashtirishni talab qilmoqda. Shundan kelib chiqib, soha xodimlari endilikda temir yo`llarni to`liq elektrlashtirish va aksariyat hududlarda elektropoezdlar harakatini tashkil qilish, yuk va yo`lovchi tashishda samaradorlikka erishishga harakat qilishmoqda. Shu kungacha ular tomonidan 1700 kilometrdan ziyod temir yo`llar elektrlashtirilgan bo`lsa, shundan 500 kilometri 2016 yilda amalga oshirildi. Umumiy uzunligi 325 kilometrni tashkil etuvchi ushbu yo`nalishda elektr-montaj ishlari bosqichma-bosqich amalga oshirilayapti. Bu jarayonga 2016 yilning sentyabr oyida kirishilgan bo`lib, temiryo`lchilarimiz tomonidan Qarshidan Dehqonobodgacha bo`lgan 90 kilometrga yaqin masofa to`liq elektrlashtirildi.
O`zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidentining 2010 yil 21 dekabrdagi “2011–2015 yillarda infratuzilmani, transport va kommunikasiya qurilishini rivojlantirishni jadallashtirish to`g`risida”gi qarori ijrosi yuzasidan Maroqand-Qarshi temir yo`li to`liq elektrlashtirilgan bo`lsa, hozirgi kunda “Qarshi–Termiz” uchastkasida loyiha doirasida ish qizg`in davom etmoqda. Umumiy uzunligi 325 kilometrni tashkil etuvchi ushbu yo`nalishda elektr-montaj ishlari bosqichma-bosqich amalga oshirilayapti. Bu jarayonga 2016 yilning sentyabr` oyida kirishilgan bo`lib, temiryo`lchilarimiz tomonidan Qarshidan Dehqonobodgacha bo`lgan 90 kilometrga yaqin masofa to`liq elektrlashtirildi.
2016 yilning so`nggi to`rt oy davomida O`zbekiston temir yo`llari” AJga qarashli «1–sonli energomontaj poezdi» unitar korxonasi xodimlari tomonidan 2000 ta temir-beton ustunlar, 1800 ta konsol, 167 ta metall ko`ndalang kesmalar, 224 kilometrlik kontakt tarmoqlari qurib bitkazildi.
Yangi yil bayrami arafasida Dehqonobod vokzalida “O`zbekiston temir yo`llari” aksiyadorlik jamiyati tomonidan Qarshi–Toshguzar–Dehqonobod temir yo`l uchastkalarida elektrlashtirish ishlari yakunlanishiga bag`ishlangan tantanali marosim tashkil etildi. Unda temiryo`lchilar, quruvchilarva jamoatchilik vakillari ishtirok etdi. Tadbirda ta`kidlanganidek, mazkur temir yo`l liniyasida amalga oshirilgan sa`y-harakatlar nafaqat hudud, balki yurtimiz taraqqiyotiga xizmat qilishi bilan yanada ahamiyatlidir.





