AsosiyDunyo

AQSh davlat departamenti ben Ladinning o`g`lini qidiruvdagi terrorchilar ro`yxatiga qo`shdi

AQSh davlat departamenti “Al-Qoida” terrorchilik guruhining sobiq rahbari va asoschisi bo`lgan Usama ben Ladinning o`g`li Hamzani huquq-tartibot idoralari tomonidan qidirilayotgan terrorchilar ro`yxatiga qo`shdi, deb xabar berdi “Gazeta.ru” nashri.

Mazkur idoraning bergan ma`lumotiga ko`ra, 2015 yilning 14 avgustida “Al-Qoida” terrorchilik guruhining amaldagi rahbari Ayman az-Zavohiriy Hamza ben Ladinni rasman terrorchilik tashkilotiga safiga qabul qilgan.

AQSh davlat departamenti Hamza ben Ladinni AQSh fuqarolari xavfsizligiga tahdid soluvchi jiddiy terrorchilar ro`yxatiga qo`shdi. O`tgan yilning iyul oyida Hamza ben Ladin otasining o`limi uchun AQSh hukumatidan o`ch olishga va`da bergan.

Boshqa yangiliklar