AsosiyDunyo

Barak Obamaning portreti qidiruvdagi turk terrorchisining surati yonida paydo bo`ldi

Turkiya gazetalaridan birining xodimi Barak Obamaning portretini yangi yil kuni Istanbul tungi klubida xunrezlikni amalga oshirgan terrorchining surati yoniga joylashtirdi, deb xabar berdi “Vesti.ru” nashri. 

Kollaj muallifi suratning tagiga “Haqiqiy qotilning surati”, deb izoh qoldirdi. Mazkur surat qisqa muddatda ijtimoiy tarmoqlarda mashhur bo`ldi.

Bunday suratning yaratilishiga turk jurnalistlarining Istanbuldagi yangi yil teraktini AQSh hukumati tomonidan amalga oshirilgan, deb hisoblangani sabab bo`ldi. Turkiyaning Yeni Akit gazetasi xodimlari teraktni haqiqatan ham AQSh hukumati amalga oshirganiga shubhalanmasliklarini bildirdi.

Eslatib o`tamiz, yangi yil kuni kechasi Istanbulning Reina tungi klubida terakt amalga oshirilib, 39 kishi halok bo`lgan, 69 kishi yaralangan edi. Mazkur teraktga javobgarlikni DAISh o`z bo`yniga olgan. Turkiya polisiyasi teraktni amalga oshirgan jinoyatchining shaxsini aniqlaganiga qaramay, u hali qo`lga olinmagan. Ma`lumotlarga ko`ra, jinoyatchi mamlakatdan qochib ketgan.

Boshqa yangiliklar