Mamlakatimizda qishloq xo`jaligini isloh qilish, fermerlik harakatini rivojlantirishga qaratilayotgan alohida e`tibor samarasida parrandachilik tarmog`ida ham mahsuldorlik oshib bormoqda.
Qoraqalpog`iston Respublikasida 2016 yilda parrandachilikni rivojlantirishga yo`naltirilgan 4 milliard 802 million so`mlik 45 loyiha amalga oshirildi, 200 dan ziyod yangi ish o`rni yaratildi. Yil davomida barcha toifadagi xo`jaliklarda 3 million 330 mingdan ziyod tovuq parvarishlanib, 240 million donaga yaqin tuxum etishtirildi, deb yozadi O`zA.
Amudaryo tumanida umumiy qiymati 285 million so`mlik 6 loyiha amalga oshirildi. Natijada qo`shimcha ravishda 19 ming bosh parranda boqish imkoniyati yaratildi va 28 yangi ish o`rni tashkil etildi.
Ayni paytda tumandagi 8 parrandachilik sub`ektida 600 mingdan ziyod parranda parvarishlanmoqda. O`tgan yili ularda 9 tonna parhez go`sht, 185 ming dona tuxum va inkubatorlarda minglab jo`ja etishtirildi.





