AsosiyJamiyat

Prezident Shavkat Mirziyoev xotin-qizlar uchun alohida poliklinika tashkil etishni taklif qildi

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev 2017 yil 5 yanvar kuni sog`liqni saqlash sohasining bir guruh etakchi mutaxassislari bilan uchrashdi.

Tadbirda davlatimiz rahbari ayollar salomatligi masalasiga ham alohida to`xtalib o`tdi. Ayollarimiz iboli, hayoli. Ba`zi masalalarda shifokorga borib dardini bemalol aytavermaydi. Shu bois xotin-qizlar uchun alohida poliklinika tashkil qilishimiz kerak. Toki ular borib o`zini qiynayotgan masalada bemalol fikrlashsin. Chunki ertangi kunimizning davomchilarini sog`lom dunyoga keltirish ko`p jihatdan ayollarimizning salomatligiga bog`liq, dedi davlatimiz rahbari. 

Uchrashuvda mamlakatimiz sog`liqni saqlash sohasini yanada rivojlantirish, ko`rsatilayotgan tibbiy xizmatlar sifatini xalqaro standartlar darajasiga ko`tarish, yosh mutaxassislarni tarbiyalash jarayoniga ilg`or ta`lim texnologiyalarini keng joriy etish, dunyoning etakchi tibbiyot markazlari va o`quv muassasalari, taniqli olimlar va mutaxassislar bilan hamkorlikni kengaytirish va boshqa dolzarb masalalar yuzasidan mutasaddilarga aniq topshiriqlar berildi.  

Uchrashuv videokonferensiya shaklida o`tdi. Unda hukumat a`zolari, senatorlar, viloyat hokimlari, vazirlik va idoralar, davlat va jamoat tashkilotlari rahbarlari, tibbiyot oliy ta`lim muassasalari rektorlari, sog`liqni saqlash tizimi mas`ul xodimlari ishtirok etdi.

    Boshqa yangiliklar