Dortmundning “Borussiya” jamoasi himoyachisi Neven Subotich o`z faoliyatini boshqa klubda davom ettirish haqida o`ylamoqda. Bu haqda Championat.com portali xabar bermoqda.
Ma`lum bo`lishicha, serbiyalik futbolchiga Evropaning bir necha klubi qiziqish bildirmoqda. Ular orasida “Midlsbro” va “Gamburg” jamoalari asosiy da`vogarlar bo`lib turibdi.
Subotich joriy mavsumda Germaniya chempionati birorta ham o`yinda maydonga tushmadi. Uning dortmundliklar bilan amaldagi shartnomasi 2018 yil yoziga qadar davom etadi.





