AsosiyJamiyat

O`zbekistonda innovasion sug`urta markazi tashkil etiladi

“Kafolat sug`urta kompaniyasi” AJ Toshkent shahridagi Inha universiteti bilan hamkorlikda innovasion sug`urta markazini tashkil etadilar.

“Kafolat sug`urta kompaniyasi” AJ hamda Toshkent shahridagi Inha universiteti (IUT) anglashuv memorandumini imzoladilar.

Ushbu hujjat doirasida tomonlar IUT binosida innovasion sug`urta markazini tashkil etadilar. Ushbu markaz sug`urta biznesini avtomatlashtirishga yo`naltirilgan loyihalarni amalga oshiradi.

Mazkur loyiha IUT talabalarining turli texnologiyalar va dasturlardan foydalangan holda sug`urta biznesining turli yo`nalishlari uchun dasturlashga bog`liqko`nikmalarini yanada yaxshilashga ko`mak beradi.

Memorandumga asosan, loyiha 2017-2018 o`quv yili davomida amalga oshiriladi.

Memoradnum doirasida “Kafolat sug`urta kompaniyasi” AJ sug`urta kompaniyasining faoliyatida foydalanish mumkin bo`lgan IUT talabalarining maxsus dasturlari, dasturiy mahsulotlari va echimlarini ko`llab-quvvatlashga tayyorligini bildirdi.

IUT rektori Sarvar Babaxodjaev: “Biz O`zbekiston sug`urta bozorining etakchi kompaniyalaridan biri bilan hamkorlik qilishdan xursandmiz. Bu o`z navbatida yuqori malakali IT-mutaxassislarni,shu jumladan, sug`urta sohasi uchun, tayyorlashga ko`mak beradi. Markazning yaratilishi sug`urta bozoriga innovasion va axborot texnologiyalarni tatbiq etishga ko`mak beradi, bu esa o`z o`rnida AKT va sug`urta bozorlarini rivojlantirishga turtki bo`ladi”.

    Boshqa yangiliklar