Zarur masalliqlar: 200 gr. shampinon qo`ziqorini, 150 gr. qaynatilgan oq loviya, 100 gr. konservalangan ko`k no`xat, 1 bosh piyoz, 5 osh qoshiq o`simlik yog`i, limon sharbati, tuz, murch, petrushka.
Tayyorlanishi: 1. Shampinonlarni yupqalab to`g`rab, qizdirligan o`simlik yog`ida baland olovda qovuring.
2. Piyozni yarim halqa shaklida to`g`rab, qizdirilgan o`simlik yog`ida qovurib oling.
3. Qaynatilgan oq loviya, konservalangan ko`k no`xat, qovurilgan sabzavotlar va maydalangan petrushkani salat idishiga solib aralashtiring. Tuz va murch sepib, limon sharbati va o`simlik yog`i qo`shing.
30 daqiqa
3 kishilik





