AsosiyJamiyat

Sirdaryo viloyati hokimi aholini qiynayotgan muammolar bilan qiziqdi

Sirdaryo viloyati hokimi G`ofurjon Mirzaev Guliston shahrida aholi vakillari bilan uchrashdi. 

Mahalla fuqarolar yig`inlari faollari, davlat va jamoat tashkilotlari rahbarlari, ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etgan muloqotda aholi murojaatlari bilan ishlash, shu yo`nalishdagi ishlar samaradorligini yanada oshirish, aholini o`ylantirayotgan masalalarni chuqur o`rganish, mavjud kamchiliklarni bartaraf etishga alohida e`tibor qaratildi. 

Muloqotda mahallalarda echimini kutayotgan muammolar, qurilish ishlari, ko`cha va yo`llarni ta`mirlash, elektr energiyasi, tabiiy gaz va ichimlik suvi ta`minotini yanada yaxshilash, tadbirkorlikni rivojlantirish, yangi ish o`rinlari yaratish, aholi, ayniqsa, yoshlarni ish bilan ta`minlash yuzasidan taklif-mulohazalar bildirildi. 

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoevning 2016 yil 31 oktyabrdagi “Aholini dori-darmon vositalari va tibbiyot buyumlari bilan ta`minlashni yanada yaxshilashga doir chora-tadbirlar to`g`risida”gi qarori ijrosi bo`yicha sustkashlikka yo`l qo`yilayotgani, “Ahillik” va “Yangi hayot” mahalla fuqarolar yig`inlarida ichimlik suvi ta`minoti va kanalizasiya tizimida muammolar borligi qayd etildi. 

Viloyat hokimi mutasaddi idoralar rahbarlariga ko`tarilgan masalalarni ijobiy hal etish yuzasidan aniq chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqish va ularni bartaraf etish bo`yicha tegishli topshiriqlar berdi.

    Boshqa yangiliklar