Uch gektardan ziyod maydonni egallagan mazkur hayvonot bog`i O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016 yil 20 maydagi “2016-2020 yillar davrida Toshkent hayvonot bog`ini rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to`g`risida”gi qarori ijrosi doirasida barpo etildi.
Bu erda turli o`lkalardan keltirilgan 70 dan ortiq hayvon va antiqa qushlarni ko`rish mumkin. Hayvonot bog`i ish boshlashi bilan 60 ga yaqin ish o`rni tashkil etildi. Yangi xodimlarning aksariyati kollej bitiruvchilaridir.
Hayvonot bog`ida tog` hayvonlari saqlanadigan bo`lim ancha keng joyni egallagan. Sher, ayiq, to`ng`iz kabi yirtqich hayvonlar maxsus qafaslarda saqlanadi. Tosh uyumlari ustida sakrab yurgan tog` qo`yi, tog` echkisi, Afrika tuyaqushi, lamalar, maxsus hovuzlarda suzayotgan g`ozlar, noyob baliqlarni hayratlanib tomosha qilayotgan bolajonlarning quvonchi cheksiz.
Kelgusida bu erda amfiteatr, bolalar maydonchalari barpo etish ham ko`zda tutilgan. Mazkur majmuaning ochilish tadbirida viloyat hokimi Sh.G`aniev ishtirok etdi





