O`zining noodatiy yo`nalishiga ega, xalqchil so`zlar bilan hayotiy mavzularda ijod qilayotgan xonanda, “Nihol” mukofoti sovrindori Adham Soliev “Darakchi” gazetasining yangi “Men haqimda” loyihasi mehmoni bo`ldi.
Mazkur loyihada xonanda o`zi haqidagi ko`pchilikka ma`lum bo`lmagan malumotlarni so`zlab berdi.
“Ochig`ini aytganda bugungi kun muxlislari avvalgidek san`atkorlarni hurmat qilishmaydi. Bunga esa xalq oldida biroz odob doirasidan chiqqan ayrim san`atkorlarning o`zi aybdor! Bizning safda ham nomimizni bulg`ab yurganlar juda ko`p. Men ana shundaylarni kamaytirgan va ularning o`rniga haqiqiy iste`dodlarni qo`llab-quvvatlagan bo`lardim. Chunki sofdil, mehnati bilan yuzaga chiqib kelayotganlar yomonlarning kasriga qolmasligini istayman”,—deydi Adham Soliev o`zbek estradasidagi muammolar haqida gapirib.
“Men haqimda” loyihasini batafsil “Darakchi” gazetasining 5 yanvar, payshanba kuni sotuvga chiqadigan 1-sonidan o`qishingiz mumkin.





