Evropaga DAIShning 400 nafar terrorchidan iborat guruhi qochoq maqomi ostida kirib olgan. Ularga albaniyalik jihodchi Lavdrim Muxadjeri(yana bir ismi Abu Abdulla al-Kosovo) rahbarlik qiladi, deb yozadi “Vesti”.
Terrorchilarning taxminiy maqsadi Kosovodagi davlat tashkilotlari binolari va serb pravoslav cherkovlari hisoblanadi.
Kosovo va Albaniya hududida noyabr oyida DAIShga aloqadorlikda gumonlangan va teraktlar tayyorlashda ishtirok etgan 19 kishi hibsga olingan.
Ular, xususan 12 noyabrda bo`lib o`tgan Albaniya-Isroil futbol musobaqasi paytida terakt o`tkazishni rejalashtirgan edi.
Maxsus xizmatlarning ma`lumot berishicha, hibsga olinganlarga Lavdrim Muxadjeri boshchilik qilgan.
Ma`lumotlarga ko`ra, terrorchilar ommaviy tarzda Evropa va Boltiqbo`yi mamlakatlariga kirib kelmoqda. Ulardan ayrimlari maxsus xizmat xodimlarining tekshiruvi ostida bo`lsa, ayrimlari chegaradan sezdirmasdan o`tib ketishga muvaffaq bo`lmoqda.





